Call-markaz xizmati ishga tushirildi

16.12.2025 529

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan narkologik xizmatlar qamrovini kengaytirish maqsadida zamonaviy Call-markaz xizmati ishga tushirildi.

Murojaatlarning maxfiyligi to‘liq ta’minlanadi.

Mazkur Call-markaz orqali giyohvandlik bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgan shaxslar, shuningdek, ularning oila a’zolari va yaqinlari:

respublikaning istalgan hududidan, narkologiya muassasalariga bevosita murojaat qilmasdan, shaxsiy ma’lumotlarini oshkor etmagan holda, malakali mutaxassislardan tezkor va qulay tarzda maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

24/7 rejimida faoliyat yurituvchi Call-markaz faoliyati doirasida alkogolizm, toksikomaniya va narkomaniya bilan bog‘liq kasalliklar bo‘yicha aholiga malakali mutaxassislar tomonidan professional maslahat hamda yo‘naltiruvchi yordam ham ko‘rsatiladi.

Call-markaz raqami: +998 55 515-45-65