Vaksinalar, sarum preparatlari va mikrobiologik tadqiqotlar laboratoriyasi

N.Maxsumova – laboratoriya mudiri.

VZPMT laboratoriyasi Markazning tarkibiy bo'linmasi bo'lib, O'zDSt ISO / IEC 17025: 2019 standarti talablariga javob beradi va O'zbekiston Respublikasi Milliy akkreditatsiya tizimida texnik vakolat va mustaqillik bo'yicha akkreditatsiyadan o'tgan. (Akkreditatsiya to'g'risidagi guvohnoma, № O`ZAK. SL. №0151).

 

Laboratoriya xodimlari: 33 xodim. Laboratoriya xodimlari vaksinologiya, immunologiya, mikrobiologiya va biokimyo sohalarida malakali mutaxassislardir. Laboratoriya mutaxassislari O'zDSt 3326:2018 «Muvofiqlikni baholash organlari xodimlarining layoqatliligiga doir talablar" standarti talablariga muvofiqlik sertifikatlariga ega.

 

Laboratoriya vazifalari:

  • Tibbiy immunobiologik preparatlar sifatini nazorat qilish;
  • Dori vositalari sifatini nazorat qilish;
  • Tibbiy mahsulotlar sifatini nazorat qilish;
  • In vitro diagnostika uchun tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish;
  • Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlash sinovlarini o'tkazish;
  • Tibbiy mahsulotlar uchun me'yoriy hujjatlarni ekspertizadan o'tkazish;
  • Tadqiqot ishlarini olib borish;
  • Tibbiy mahsulotlar sifatini nazorat qilish usullarini takomillashtirish va standartlashtirish;
  • Uslubiy ish.

 

Laboratoriyaning faoliyati va jihozlanishi tibbiy mahsulotlar sifatini quyidagi ko'rsatkichlar bo'yicha nazorat qilish imkonini beradi:

  • Mikrobiologik;
  • Biologik;
  • Immunologik;
  • Biokimyoviy;
  • Genetik.
  • Molekulyar diagnostika

 

Laboratoriyaning ilmiy-uslubiy ishlari:

  • Tibbiy immunobiologik preparatlarni nazorat qilishning yangi usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
  • Me'yoriy hujjatlar, ko'rsatmalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish;
  • Infeksion kasalliklarni davolash uchun mo'ljallangan yangi immunomodulyatorlar yaratish va ularning faolligini o’rganish;
  • Tibbiyot va farmatsevtika oliy o'quv yurtlari talabalari, magistrlari uchun o'quv-uslubiy qo'llanmalarni nashrga tayyorlash;
  • Tahliliy va ilmiy maqolalarni tayyorlash va nashrga taqdim etish;
  • Ilmiy konferentsiyalar va amaliy seminarlar ishida ishtirok etish.

 

 

Laboratoriyaning tashqi aloqalari:

  • O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti;
  • O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti;
  • Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti;
  • O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti;
  • Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti.

 

 

Laboratoriyani rivojlantirish rejalari:

  • Tibbiy mahsulotlar sifatini nazorat qilishda zamonaviy mikrobiologik, immunologik va biologik usullarini organish va tadbiq qilish.
  • MDH va Evropaning milliy nazorat laboratoriyalari bilan yaqin hamkor aloqalarni o'rnatish.

 

Biz bilan bog'lanish:

Tel.: 71 203-01-01

Faks: 71 242-48-25.

Elektron pochta: farmkomitet@minzdrav.uz

 

24.08.2022