Farmako-toksikologik tadqiqot laboratoriyasi

M. J. Ergasheva-laboratoriya mudiri, biologiya fanlari doktori

 

• Farmako-toksikologik tahlil laboratoriyasi Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi ning tarkibiy bo'linmasi hisoblanadi.

• Laboratoriya xodimlari – oliy farmasevtika, tibbiy-biologik, o'rta farmasevtika, tibbiy ma'lumotga ega bo'lgan 23 nafar xodim, jumladan, 1 nafar fan doktori, 1 nafar fan nomzodi, 3 nafar magistr, farmasevtika uchun dori vositalari va tibbiy buyumlarni farmako-toksikologik ko'rsatkichlar bo'yicha sifatini nazorat qilish sohasidagi malakali xodimlar.

Vazifalar:

• dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sarf qismlari ro'yxatdan o'tkazish hujjatlarining tegishli qismlari va normativ hujjatlarini ekspertizadan o'tkazish va ekspertiza natijalari bo'yicha xulosalar berish;

• dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sarf qismlari namunalarini ro'yxatga olish, sertifikatlashtirish, davomiy nazorat sinovlarini, shuningdek huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan taqdim etilgan va insonparvarlik yordami sifatida olib kelingan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sarf qismlari namunalarining farmako-toksikologik ko'rsatkichlar bo'yicha sinovlarini amalga oshirish;

• dori vositalari, tibbiy buyumlar, shuningdek, tibbiy texnika sarf qismlarining farmako-toksikologik ko'rsatkichlar bo'yicha sifatini nazorat qilish va standartlashtirishning yangi usullarini ishlab chiqish, joriy etish;

• yangi dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaratish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

Laboratoriya funktsiyalari:

• dori vositalari va tibbiiy buyumlarning "Bakteriyal endotoksinlar", "Pirogenlik", "Zaxarlilik", "Mahalliy ta'sirchanlik", "Gistamin", "Gemolitik faol moddalar", "Biologik faol komponentning tarkibi (mg % yoki muvofiq birliklarida)" ko'rsatkichlari bo'yicha sinovdan o'tkazish;

• tibbiy buyumlarning biologik ta'sirini baholash;

• dori vositalari va substantsiyalarning biologik faolligini aniqlash;

• mahalliy ishlab chiqarilgan tibbiy buyumlarning xavfsizligi va biologik faolligini aniqlash;

• mahalliy generik dori vositalarining analoglar dori vositalariga bioekvivalentligini aniqlash.

 

Laboratoriya ishlab chiqdi va amaliyotga joriy qildi:

• OFS 42 uz - 0004 - 2339 - 2021 "Zaxarlilik";

• OFS 42 uz - 0001 - 1010 - 2020 "Bakterial endotoksinlar";

• OFS 42 uz - 0002 - 1904 - 2021 "Gistamin";

• OFS 42 uz - 0003 - 2338 - 2021 "Pirogenlik";

• OFS 42 uz - 0010 - 3872 - 2020 "Follikulostimullovchi gormonal faollik";

• OFS 42 uz - 0011 - 3873 - 2020 "Luteinlovchi gomomonal faollik";

• OFS 42 uz - 0009 - 3871 - 2020 "Geparinning antikagulyant faolligi";

• OFS 42 uz - 0013 - 4599 - 2021 "Antigeparin faolligi".

Laboratoriya dori vositalari va tibbiy buyumlarni biologik nazorat qilish sohasida O'zbekiston Respublikasining akademik va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan aloqalarini yo'lga qo'ygan.

Bizning rekvizitlar:

Tel.: (+99871) 203-01-01

Faks: (+99871) 242-48-25.

E-mail: farmkomitet@ssv.uz

 

29.08.2023