Pharmaceutical Inspection

D.G.Nosirova – Farminspeksiya boshlig‘i.

Xodimlar shtat – 30 ta

2017 yilda “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi” DUK (“DVTBTTESDM” DUK) qoshida Farminspeksiya bo‘limi tashkil etildi.

Tuzilishiga ko‘ra:

  • Bosh mutaxassislar-11,
  • Yetakchi mutaxassislar-13,
  • 1-toifali mutaxassislar-3,
  • 2-toifali mutaxassislar-2.

I. Farminspeksiya bo‘limining asosiy vazifasi farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan litsenziya berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ustidan nazorat, ya’ni:

  • Dori vositalari va tibbiy buyumlarning ishlab chiqarish, sertifikatsiya, saqlash, tayyorlash, tashish va ulgurji realizatsiya qilish jarayonida sifati bo‘yicha;
  • Farmatsevtika faoliyatini amalgan oshirayotgan korxonalar soni:
  • dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaradagan-150, shu qatorda qon quyish markazlari - 4;
  • ulgurji realizatsiya- 600 dan ortiq;
  • dori vositalarini tayyorlash muassasalari-201;
  • nazorat-taxlil laboratoriyalari-12;
  • sertifikatlash markazlari-5;
  • ilmiy-tadqiqot muassasalari-9.
  • Xuquqni ximoya qiluvchi organlar bilan xamkorlikdagi ishlar.
  • Gumanitar yordam tarzida keltirilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni sifati bo‘yicha xulosa berish;
  • Shikoyatlar bilan ishlash.
  • Davlat arbitraj nazoratini tashkillashtirish va o‘tkazish.

II. 2017 yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar

1. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining (NQOFMRK) reja-jadvaliga ko‘ra 203 ta subyektlarida tekshirishlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan, shulardan:

  • 152 ta (113 ta dorixona, 31 ta ulgurji omborxona va 8 ishlab chiqarish) tadbirkorlik subyektlarida (8 oyda) rejali tekshirishlar o‘tkazildi.
  • 7 ta litsenziatlar tekshirishlar reja-jadvalidan chiqarildi. (NQOFMRKning 2017 yil 22 martdagi 06/1-216-sonli va 9 iyundagi 06/1-532-sonli xatlariga asosan);
  • 44 ta rejali tekshiruv o‘tkazilmadi. O‘zR Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi PQ-2773 sonli qaroriga asosan 2017 yil 1 aprelidan Farmatsevtika faoliyatining turi dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash va nazorati hokimliklarga o‘tkazilgan va tekshirishlar 2017 yilning 4-choragiga ko‘chirilgan.

Tekshirishlarda quyidagi kamchiliklar aniqlandi:

  • Yaroqlilik muddati tugugan tibbiy buyumlar 1 turdagi 50 o‘ram;
  • Muvofiklik sertifikatlari mavjud bo‘lmagan 197 turdagi 2633 o‘ram dori vositalari va tibbiy buyumlar;
  • Davlat tilida qo‘llash yo‘riqnomalari mavjud bo‘lmagan 24 turdagi 106 o‘ram dori vositalari va tibbiy buyumlar;
  • 54 ta dorixona va ulgurji omborxonalarning SanPiN-0337-16 va SanPiN-0319-15 talablariga javob bermasligi;
  • 35 ta dorixona va ulgurji omborxonalar xonalarida jihozlar, texnik vositalar yetarli emasligi;
  • 58 ta dorixonada 20 turdagi bo‘lishi majburiy bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlardan 1-14 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanmaganligi;
  • 98 ta dorixonada Sog‘liqni saqlash vazirligining 191-son buyrug‘i bajarilmaganligi;
  • 89 ta dorixonada imtiyozga ega bemorlarni dori-darmonlar bilan ta’minlashga xududiy sog‘liqni saqlash bo‘limlari bilan shartnomalar tuzilmaganligi;
  • 24 ta dorixonada Litsenziya bitimiga o‘zgartirish kiritilmaganligi;
  • 2 ta dorixonada tekshiruv kunida mutaxassisning ishtirok etmaganligi aniqlandi.

151 ta tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatmalar berildi. (1ta tadbirkorlik subyektida kamchilik aniqlanmadi)

2017 yil 3-choragida SanPiN-0337-16 va SanPiN-0319-15 talablariga javob bermagan 56 ta dorixonaga berilgan ko‘rsatmani bajarilganligini aniqlash maqsadida qayta tekshiruvlar o‘tkazildi va dorixonalarda SanPiN talablari bajarilganligi aniqlandi.

95 ta dorixonada aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.

Rejali tekshiruvlar davomida 2 ta litsenziatda qonunbuzilish aniqlandi:

-O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi farmatsevtika faoliyatini Litsenziyalash Kengashiga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasiga chora ko‘rish uchun ish hujjatlari taqdim etildi.

2. 2017 yil 6 mayda Adliya vazirligi tomonidan 2878-son bilan ro‘yxatga olingan 2017 yilning 14 martida Respublika Kengashida tasdiqlangan 1-sonli «Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar-yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 3-ilovasi ijrosini ta’minlash borasida, 2017 yilda 5 ta dorixonada sifat nazorat ishlari o‘tkazildi va quyidagilar aniqlandi:

  • 5 turdagi 30 o‘ram dori vositalarini qalbakilashtirilganligi,
  • 9 turdagi 47 o‘ram dori vositalari O‘zbekiston Respublikasi qayd etilgan dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reyestriga kiritilmaganligi,
  • 19 turdagi 94 o‘ram dori vositalarini Respublika sertifikatlashtirish idoralari tomonidan muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmaganligi,
  • 2 turdagi 6 o‘ram dori vositalarini “yorliqlash” ko‘rsatkichi bo‘yicha me’yoriy hujjatlar talabiga javob bermasligi,
  • 1 turdagi 5 o‘ram dori vositalarini davlat tilida qo‘llash yo‘riqnomalari taqdim etilmaganlik holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi SVOJJDLQKD, xududiy bo‘limlariga va hokimiyatlarga qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun 2 ta ishlab chiqarish korxonasida va 5 ta dorixonalarga nisbatan chora ko‘rish uchun ish hujjatlari taqdim etildi.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 iyul kunidagi “Aholini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ – 3137 sonli qarorini 6-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripovning 2017 yil iyul oyidagi ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zfarmsanoat” DAK tarkibiga kiruvchi 63 ta farmatsevtika maxsulotini ishlab chiqaruvchi korxonalarning 60 tasini joyiga chiqib, 3tasini taqdim etilgan xujjatlarni o‘rgangan holda ish faoliyati o‘rganildi va aniqlangan kamchiliklar umumlashtirilib ma’lumot va hujjatlar O‘zR Bosh Prokuraturasiga taqdim etildi. Me’yoriy texnologik xujjatlarga tegishli aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 43 ta korxonaga 43 ko‘rsatma berildi va bugungi kunga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha korxonalar bilan ish olib borilmoqda.

4. SSV tizimidagi dori vositalarini tayyorlashga litsenziyaga ega DPM ichki dorixonalarida 2017 yil uchun tekshirish reja jadvaliga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 7 ta viloyatlardagi 66 ta DPM ichki dorixonalarida tekshiruvlar o‘tkazildi, jumladan :

  • 12 ta DPM ichki dorixonalarida faoliyat yuritmayotganligi aniqlandi;
  • 42 ta DPM ichki dorixonalarida kamchiliklar aniqlandi;
  • 12 ta DPM ichki dorixonalarida aniqlangan kamchiliklar tekshirish jarayonida bartaraf qilindi;
  • Ekspertiza ishlarini o‘tkazish uchun 41 ta DPM ichki dorixonalarida 109 ta namunalar tanlab olindi;

O‘tkazilgan tekshirishlarda quyidagi kamchiliklar aniqlandi:

  • 12 ta DPM ichki dorixonalarida aseptik blok xonalari SanPiN 0337-16 talablariga javob bermaydi;
  • 26 ta DPM ichki dorixonalarida SSVning “Dorixonada mikrobiologik va biologik nazorat bo‘yicha yo‘riqnoma” talablari bajarilmagan;
  • 12 ta DPM ichki dorixonalari SSVning 195-sonli buyrug‘i to‘liq bajarmagan;
  • tekshirishda tanlab olingan steril dori vositalarini DVTBTTESDM laboratoriyalarining tahlil natijalariga ko‘ra, 6 ta DPM ichki dorixonalarida “Sterillik” ko‘rsatkichi bo‘yicha me’yoriy xujjatlar talablariga javob bermaganligi aniqlandi

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilinishi bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar.

  • 42 ta DPM ichki dorixonalariga ko‘rsatmalar berildi;
  • 7 ta DPM ichki dorixonalarida steril dori vositalar tayyorlash to‘xtatildi;
  • 4 ta DPM ichki dorixonalarida qayta tekshirish ishlari o‘tkazildi;
  • 4 ta DPM ichki dorixonalarida steril dori vositalar tayyorlash qaytadan yo‘lga qo‘yildi.

Samarqand viloyatidagi DPM ichki dorixonalari xolati va muammolari bo‘yicha DVTBVTTESDM direktori o‘rinbosari, Farminspeksiya boshlig‘i D.G.Nosirova rahbarligida seminar o‘tkazildi. Seminarda Samarqand viloyati SSB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari DFQ raisi A.J.Mustafayev, viloyatdagi barcha DPM rahbarlari va 47 ta dorixona mudirlari ishtirok etdi. 

Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha ma’lumotnomalar yuborildi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga;
  • 7 ta viloyat SSB rahbarlariga;
  • 1 ta “Toshkent viloyati Dori-Darmon” rahbarlariga;
  • 4 ta hududiy DSENM rahbarlariga.

5. Farminspeksiyaga O‘zR Prezidentining virtual qabulxonasidan, Bosh Prokuraturaning «Ishonch telefoni»dan, Yagona interaktiv davlat xizmatlar portalidan, SSVning saytidan hamda jismoniy va yuridik shaxslardan pochta orqali 438 ta murojaatlar kelib tushdi, ulardan:

  • 435 ta javob xatlari murojaat mualliflariga, shuningdek qo‘shimcha ravishda
  • 85 ta xat tegishliligi bo‘yicha: O‘zR Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga, O‘zR Bosh Prokuraturasi huzuridagi SVOJDLQKDga, Sog‘liqni saqlash vazirligiga, Davlat Soliq Inspeksiyasiga, AK «Dori-Darmon»ga, Sergeli tuman tibbiyot birlashmasiga, Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya Ilmiy-Amaliy tibbiyot markazi, Toshkent shahar va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari, hokimliklariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va SSVga, «O‘zfarmsanoat» DAKka yuborildi.
  • 3 ta anonim xat Sog‘liqni saqlash vazirligiga qaytarildi.

6. O‘zR Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya vilishga va ishbilarmonlik muhitni sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-4848-son farmoni asosida profilaktika ishlari o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 111 ta seminar-yig‘ilishlar o‘tkazildi.

  • Viloyat hokimliki, Adliya Boshqarmasi, O‘z.Res. Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK va viloyat prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamenti, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga, Viloyat soliq inspeksiyasi, SSB, DSENM, «Dori-Darmon» AK mas’ul mutaxassislari va ishlab chiqarish korxonalari, ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar, DPM ichki dorixona muassasalaridan 8484 ta raxbar va xodimlari ishtirok etishdi.
  • 1447 ta tushuntirish ishlari olib borildi.
  • 5722 ta tegishli materiallar tarqatildi.
  • 125 ta «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazilib, tadbirkorlik subyektlarining 693 ta masalasi hal qilindi.
  • 14 ta «Ishonch telefonlari» orqali, tadbirkorlarning 1047 ta murojatlari tinglanib, muammolar hal qilindi.

7. Litsenziyaga talabgor korxonalarning taqdim etilgan murojaatlar bo‘yicha 44 ta ishlab chiqarish korxonalari joyiga chiqib o‘rganildi. Ulardan:

  • 30 ta ishlab chiqarish korxonasiga ijobiy xulosa berildi
  • 10 ta ishlab chiqarish korxonasiga ular tomondan ishlab chiqilgan va taqdim etilgan loyixalari o‘rganib konsultativ va amaliy yordam berildi.
  • 3 ta korxonaga joyiga chiqib taqdim etilgan xujjatlar va sharoitni o‘rganilib natijada farmatsevtik maxsulotni ishlab chiqarishni tashki etish uchun qonun, qonunosti va normativ xujjatlarda qo‘yilgan talablargi javob bermasligi aniqlanganligi sababli rad etildi.

8. Sog‘liqni saqlash vazirligi farmatsevtika faoliyatini Litsenziyalash kengashining ekspert komissiyasi tarkibidagi mutaxassislar tomonidan farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish maqsadida murojaat etgan 264 ta dorixona muassasalariga (131 ta dorixona, 133 ta dorixona shaxobchasi), 27 ta ulgurji omborxonalariga ekspert xulosalari berildi va ularga amaliy yordam ko‘rsatildi.

9. Sertifikatlashtirish idoralari va Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi tomonidan sifat nazorati olib borish va muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirish, shuningdek Farmispeksiya mutaxassislari tomonidan korxonalar faoliyatini o‘rganishda tanlab olingan namanularni sifat taxlili natijasida 21 ta farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar tomonidan 35 nomdagi 49 seriyadagi 1 952 672 o‘ram 1 8127 kg dori vositalari va 571 765 dona tibbiy buyumlardan: 3 ta firmaning 6 nomdagi 7 seriya 2 304 o‘ram va 2 dona tibbiy buyum Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan; 18 ta firmaning 29 nomdagi 42 seriya 1 950 368 o‘ram 1 8127 kg va 569 765 dona tibbiy buyumlar sifatsiz deb topildi va ushbu tashkilotlarga 27 ta ko‘rsatmalar berildi. Ulardan 11 korxona va tashkilot ko‘rsatmalar ijrosini ta’minladi.

-O‘zR VMning 6 aprel 2017 yildagi 185-sonli qaroriga asosan, 2017 yil iyul oyidan boshlab farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 12 ta tashkilotdan yaroqlilik muddati tugagan va yaroqsiz holga kelgan dori voitalari va tibbiy buyumlarning yo‘q qilish komissiyasida ishtirk etish uchun mutaxassis so‘rab 17 ta murojaat xatlari kelib tushgan va kolmissiya a’zolari ishtirokida 58474 o‘ram dor vositalari va 17467 kg substansiyalar va dori vositalari yo‘q qilindi.

10. O‘z VMning 2009 yil 15 iyuldagi 200-sonli «Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi xuquqni himoya qilish idoralari tomonidan 373 ta murojaat xati bilan 2536 turdagi 69820 o‘ram dori vositalari va tibbiy buyumlarga ekspertiza ishlari olib borildi (O‘zR Bosh Prokuraturasi va xududiy bo‘linmalari, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat Soliq Qo‘mitasi, Respublika Bojxona Qo‘mitasi va xududiy bo‘linmalari).

Dori vositalari va tibbiyot buyumlar ekspertiza xulosalariga ko‘ra:

  • 5 turdagi 5 o‘ram qalbakilashtirilganligi,
  • 86 turdagi 56455 o‘ram sifatsizligi,
  • 381 turdagi 381 o‘ram yaroqlilik muddati tugaganligi,
  • 458 turdagi 5857 o‘ram Davlat ro‘yxatidan o‘tmaganligi,
  • 1720 turdagi 63807 o‘ram tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi,
  • 1428 turdagi 67443 o‘ram davlat ro‘yxatidan o‘tganligi,
  • 147 turdagi 147 o‘ram tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etildi va murojat qilgan organlarga ekspertiza xulosalari yuborildi.

11. O‘zRga muruvvat yordami tarzida olib kirilayotgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning sifati va yaroqliligini aniqlash bo‘yicha 109 ta murojaat xatlari asosida Respublikaga olib kirilgan 744 turdagi dori vositalar, 211 turdagi tibbiy buyumlar va 108 ta tibbiy texnikaning sifati bo‘yicha ekspertiza ishlari o‘tkazildi va tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

12. 61 ta ishlab chiqarish reglamenti ekspertizadan o‘tkazildi va xulosa berildi.

  • 2017 yil avgust oyidan bugungi kunga qadar 12 ta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar to‘plami ekspertizadan o‘tkazildi va xulosalar berildi.
  • 37 korxona va tashkilotlar tomonidan respublika olib kirish uchun substansiyalar va yarim tayyor mahsulotga taqdim etilgan
  • 251 ta xujjatlar to‘plami ekspertizasi o‘tkazildi va xulosa berildi.

III. Kelgusida rejalar.

  1. Farmatsevtika korxonalarida ISO 9001:2015 va GMP xalqaro standartlarga joriy etish bo‘yicha ish olib borish;
  2. DPM larda dori turlarini tayyorlashda sifat nazorat va texnologiyalarni yanada kuchaytirish va standart talabiga to‘la javob berilishi bo‘yicha ish olib borish.
  3. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiyasi bo‘yicha standart talablari bajarilishini yanada kuchaytirish.
  4. Qalbaki va sifatsiz maxsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi xududiga olib kirilishini oldini olishda xuquqni ximoya qiluvchi organlar bilan xamkorlikni yanada kuchaytirish.
  5. Farmatsevtik korxonalarni tashkil qilishda joylarga chiqib konsultativ va amaliy yordam berish ishlarini takomillashtirish.

 

Bizning rekvizitlar:

Tel: (99871) 242-48-68, 242-48-93, 242-69-58;
Faks: (99871) 242-48-25, 242-69-58;
E-mail: dilorom.nosirova@minzdrav.uz, farmkomitet@minzdrav.uz, lazizkhuja.sharipov@minzdrav.uz;

16.01.2018